» » » INNOVATSION TEXNOLOGIYA DASTURLARINING YOSHLAR XAYOTIDA TUTGAN O’RNI

INNOVATSION TEXNOLOGIYA DASTURLARINING YOSHLAR XAYOTIDA TUTGAN O’RNI

INNOVATSION TEXNOLOGIYA DASTURLARINING YOSHLAR XAYOTIDA TUTGAN
O’RNI


A.Sharifov, Z.M.Ibragimova
O’zDJTU


Arxitektura grafikasi bilan ishlash dasturlari, shu jumladan Sweet Home 3d dasturining ba’zi
imkoniyatlari haqidagi ma`lumotlar maqola mazmunini tashkil etadi.
Bu dasturga Arxitektura, devorlar dizayni, materyallarni joylashtirish dizayni, uyni jihozlash, tomlar
dizayni, har bir qavatni bir biriga nisbatan joylashish strukturalari kiradi.
Men tanlagan dastur SweetHome ya`ni shinam uy dasturi. Bu dastur juda ko`p va murakkab dasturlarni
o`z ichiga oladi. Ya`ni bu dastur “Yuvunish xonasi dizayni”, “Eshik va romlar”,” Xona jihozlari”,”
Chiroqlar”,” Yotoqxona” loyihalarini o`z ichiga oladi. Men yaratgan dastur noodatiy dastur bo`lib, loyiham
uy jihozlari ustida talabaning erkin va zamonaviy ishlashiga qaratilgan. Masalan uy jihozlarini
joylashtirishda yorqin ranglardan foydalandim. Amaliyotda birinchi bo`lib “Eshik va romlar” loyihasidan
foydalanish maqsadga muvofiq. Bu loyihada prezentatsiya maydonida joy tanlanadi va loyiha orqali kerakli
eshik romlar o`lchami olingan holda kerakli joyga kiritiladi. Bu dasturda ishni yakunlagandan so`ng
honaning yorug`ligini ta`minlash maqsadida “Chiroqlar loyihasiga murojaat qilamiz. Chiroqlar loyihasida
ciroqlarni honaning rangi va hajmiga qarab chiroqlar sonini belgilaymiz va joylashtiramiz. Offis va
darshonalar uchun alohida stol chiroqlaridan foydalanganimiz ma`qul. Masalan xonaning rangi qizil bo`lsa,
ko`k nur taratadigan chiroqdan foydalanamiz.
Bu ishni yakunlagach “ Jihozlar “ loyihasiga kiramiz. Bu loyihada devor isitgichlari , pardalar, stol,
stillarni tanlashimiz mumkin. Bu jihozlarni tanlashda o`ta didli bo`lish lozim, chunki har bir jihoz bir biriga
mos bo`lishi zarur. Misol uchun devor isitgichlari boshqa buyum yoki jihizlardan 60 sm uzoqlikda bo`lishi
zarur.
Bu ishni ham tugatganimizdan so`ng oshxona va yuvinish xonalarini jihozlaymiz. Oshxonani jihozlashda
gaz plitasi oshxonaning chap tarafida bo`lishi zarur, uning yonida issiq va sovuq suvli rakvina
joylashtiriladi. Gaz plitasining ustida maxsus mo`ri joylashtiriladi. Shu ikkita jihoz joylashtirilgandan so`ng
qolgan jihozlar tartib qoyida asosida joylashtiriladi. Yuvinish xonasining kattaroq va ko`p odam yashaydigan
uyda ikkita bo`lgani ma’qul. Yuvinish xonasida katta vanna va kichik rakvina boladi, ular qarama - qarshi
yoki ketma - ket joylashtiriladi. Kichik rakvinaning tepasida katta ko`zgu joylashtiriladi, qolgan ehtiyojli
buyumlar kichik rakvinaning yaqin joyiga joylashtiriladi. Keyingi navbat yotoqxonaga. Yotoqxonada krovat
ya`ni doim xonaning o`rtasida joylashadi. Yotoqxona garnituri yotoqning oyoq tomoniga yoki yon tomoniga
qo`yiladi. Yotoqxonada eshikning ro`parasiga surat yoki ko`ngil ochar rasmlar qo`yish maqsadga muvofiq.
Keyingi navbat mexmonxona jihozlariga. Bu so`nggi ishimiz bo`lgani uchun Seet Home 3D dasturining
tepada ko`rsatilgan loyihalarini hammasidan foydalanamiz. Mehmonxonada odam ko`p vaqtini o`tkazgani
tufayli ko`plab suratlar va estalik, antik suratlar bilan bezatiladi. Televizor eshikka qarama - qarshi va
derazaning yon tomoniga joylashtiriladi. Divan va kreslolar mexmonxonaning o`rtasiga joylashtiriladi.
Deraza romlarining o`lchamlari kattaroq, deraza pardalari och rangda, yuqa matodan oxirgi dizaynda tikiladi.
Mexmonxonada derazaning ro`parasiga kamin joylashtiriladi. Xonaga oldi tarafi oynadan iborat bo`lgan
katta shkaf joylashtirilib, estalik buyumlar bilan to`ldiriladi. Xona derazasining oldi qismiga tabiiy gullar
joylashtiriladi. Kaminning oldiga ikki kishilik arg`imchoq stul qo`yiladi. Ishimiz yakunlangach loyiha
mijozga topshiriladi.
Loyihaning asosiy maqsadi yosh arxitektor va dizaynerlarga o`z iste’dodini namoyon qilish uchun
yaratildi.
Foydalanilgan adabyotlar
1. “Yangi davr arxitekturasi”, “Yosh arxitektorlar uchun qo`llanma” , “Uy dizayinlari”.скачать dle 11.3

14-04-2018, 16:18 473 0

Izohlar


Kommentariya qo'shish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив