» » » IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA INVESTITSIYALARNI JALB QILISH DOLZARBLIGI

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA INVESTITSIYALARNI JALB QILISH DOLZARBLIGI

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA INVESTITSIYALARNI JALB
QILISH DOLZARBLIGI


J.O’lmasov, X. Taylakov
TMI


Milliy iqtisodiyotni muvofiqlashtirishda bir qator iqtisodiy kategoriyalar ishtirok etadi. Shular ichida
investitsiya muhim o’rin tutib, mamlakatda yaratilayotgan Yalpi Ichki Mahsulotning o’sishiga bevosita ta’sir
ko’rsatsadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor munosabatiga o’tish va iqtisodiyotni
rivojlantirishning eng asosiy omillaridan biri bo’lgan investitsiya siyosatiga juda katta e’tibor qaratmoqda.
Jahon Moliyaviy inqirozi hukm surayotgan bir sharoitda ham O’zbekiston ulkan xorijiy investitsiyalar
yo’naltirilayotgan mamlakatlar guruhidan joy olmoqda. Bunga albatta, mamlakatimizda olib borilayotgan va
uzoq strategik maqsadlarni ko’zlayotgan investitsion dasturlar hamda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga
oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilganligi asosiy omil bo’lmoqda. Mamlakatimizda chet el
investitsiyalarini jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni naqadar oqilona olib borilayotganligining dalili
sifatida: milliy iqtisodiyotimizga yo’naltirilayotgan capital qo’yilmalar hajmining 2010-yilda 1990-yildagiga
nisbatan 11,6 barobar o’sishini, 2011-yilda to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar umumiy xorijiy
investitsiyalarning qariyb 78,8%ini tashkil etganligini aytishimiz mumkin.20
Hozirgi kunda mamlakatimizda yaratilayotgan qulay investitsion muhitning mavjudligi natijasida,
mamlakatimizda yildan-yilga investitsiyalar hajmi sezilarli darajada ortib bormoqda. Buni birgina, 2010-
yilda kiritilgan invetstitsiyalar hajmidan bilib olish mumkin. Raqamlarga nazar soladigan bo’lsak, 2010-yilda
9 milliard 700 million AQSH dollariga teng bo’lgan investitsiyalar o’zlashtirilgan bo’lib, bu ko’rsatkich
2009-yilga nisbatan 13,6% ko’pdir. Ushbu investitsiyalarning salkam 72%i ishlab chiqarish korxonalarini
barpo etishga, jumladan, 35%ga yaqin asbob-uskuna va ilg’or texnologiyalar sotib olishga yo’naltirgan.21 Bu
borada Respublikamizda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2010-yilga nisbatan: 2000-yilda 1
%, 2001-yilda 3,2% 2002-yilda 3,8% 2003-yilda 4,5% 2004-yilda 5,2% 2005-yilda 7% 2006-yilda 9,3%
2007-yilda 22,9% 2008-yilda 28,3% hamda 2009-yilda 24,8%ga oshganligini ko’rishimiz mumkin22.
Mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining
yaratilganligi asosiy omil bo’lib kelmoqda. O’zbekistondagi investitsiya muhiti, birinchi navbatda,
quyidagilarga bog’liq:
• Qulay soliq va bojxona siyosati- O’zbekiston Respublikasiga kirib kelatoygan xorijiy investorlarga
ko’plab soliq qulayliklari, imtiyozlar hamda preferensiylar berilgan. Xususan, qaratilgan sohasiga qarab
xorijiy investorlarga quyidagi soliq preferensiyalar berilgan:
300000 AQSH dollardan-3000000 AQSH dollargacha- 3 yil mobaynida
3000000 AQSH dollardan-10000000 AQSH dollargacha- 5 yil mobaynida
10000000 AQSH dollardan yuqori summagacha- 7 yil mobaynida
Bundan tashqari, xorijiy investorlar bilan hamkorlikda ochilgan yangi korxonalarga mulk solig’i
quyidagicha belgilangan:
50%-agar kompaniya o’zi ishlab chiqargan mahsulotining 30%dan kam bo’lmagan qismini eksport qilgan
bo’lsa;
30%- agar kompaniya o’zi ishlab chiqargan mahsulotining 15%- 30%dan kam bo’lmagan qismini eksport
qilgan bo’lsa;23
• Milliy iqtisodiyotning barqaror sur’atlarda rivojlanib borayotganligi- Bizga ma’lumki,
O’zbekiston iqtisodiyoti rivojlanib bormoqda. Fikrimiz dalili sifatida: 2000-2011-yillar mobaynida Yalpi
Ichki Mahsulot hajmi 2,1 barobarga oshdi. Bundan tashqari, 2013-yilda sanoat ishlab chiqarishi 8.8%,
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish 6,8%ga, chakana savdo aylanmasi 14.8% hamda aholiga xizmat
ko’rsatish 13.5 %ga oshdi, 2013-yilda YAIM 8.0%ga o’sdi hamda uning tarkibida 54% kichik biznesga
tegishli bo’ldi.24Bundan tashqari, 2013-yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash bo’yicha
mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishi natijasiga qariyb 970000 kishi ish bilan ta’minlandi. Bunda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, xizmat ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirishga aholida
e’tibor qaratilib, ushbu sohalarda 480000dan ortiq, kasanachilikni kengaytirish jisobidan esa 210000dan
ziyod ish o’rinlari yaratildi. Xususan 2013-yilda Respublikamizda aholining real daromadlari 16%ga,
o’rtacha oylik ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalar 20.8%ga ko’paydi.25
Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, hozirda mamlakatimizda olib
borilayotgan makroiqtisodiy va faol investitsiya siyosatlarining nechog’lik to’g’ri olib borilayotganligidan
dalolat bermoqda.
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati:
1. www.lex.uz
2. www.stat.uz
3. www.mfer.uz
4. www.asakabank.uzскачать dle 11.3

15-04-2018, 01:51 2 047 0

Izohlar


Kommentariya qo'shish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив