» » » BARKAMOL AVLODNI VOYAGA YETKAZISHDA IQTISODIYOTDA TEXNIK YOZUVNING AHAMIYATI

BARKAMOL AVLODNI VOYAGA YETKAZISHDA IQTISODIYOTDA TEXNIK YOZUVNING AHAMIYATI

BARKAMOL AVLODNI VOYAGA YETKAZISHDA IQTISODIYOTDA TEXNIK YOZUVNING
AHAMIYATI


R. Sh.Xujaqulova
TMI


O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish
yo‘lidan borayotgan bugungi kunda jahon andozalari darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk
iqtisodchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Innovatsion fan-ta’lim tizimini rivojlantirishning barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi roli va ahamiyati”
doirasida iqtisodiyot oliy o‘quv yurti talabalari o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda iqtisod tili va uslubi,
iqtisodiy atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to`g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z
fikrini iqtisod sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra bo‘lajak
iqtisodchilar iqtisodiyot tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim.
O‘zbek iqtisodiyot terminologiyasida so‘z va atamalarning shakillanish, boyish xususiyatlarini, iqtisodiy
matnlarga so‘z va termin tanlash, matnlarni tuzish, ularni kengaytirish va qisqartirish, matnlarni tahrir qilish,
iqtisodiyotga oid hujjatlarni to‘g‘ri yozish masalalarini bilishlari lozim.
Fanni o‘qitishdan maqsad – iqtisodiyot sohasida bilimli, zukko, savodxon, har tomonlama yetuk mutaxassisni
tayyorlash uchun talabalarda iqtisodiy til bilimlarini - so‘z va terminlarni, gap va matnlarni qo‘llash bo‘yicha
bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga iqtisodiyot sohasidagi so‘z va terminlarning shakllanish va qo‘llanish, yasalish
va kirib kelish xususiyatlarini, iqtisodiy matnlarni tuzish – so‘z va termin tanlash, matnni tahrir qilish –
kengaytirish va qisqartirish, iqtisodiyotga oid hujjatlarni to‘g‘ri yozishni o‘rgatishdan iborat.
“Iqtisodiyotda texnik yozuv” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- o‘zbek iqtisodiyot terminologiyasining shakllanish va rivojlanish xususiyatlarini, iqtisodiy so‘z va
terminlarning yasalish va qo‘llanish usullarini, matnlarning turlari va tuzilishini bilishi kerak;
- talaba iqtisodiyot sohasida qo‘llanilayotgan so‘z va terminlarning ma’nosini bilgan holda to‘g‘ri tanlash,
ular ishtirokida gaplar va matnlarni, ish qog‘ozlari va hujjatlarni savodli yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak;
- talaba iqtisodiyot sohasida, ilmiy, rasmiy, publisistik, badiiy, so‘zlashuv uslublarida qo‘llanilayotgan so‘z
va terminlarni tahlil qilish, iqtisodiy matnlarni mazmunli va xatosiz yozish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
“Iqtisodiyotda texnik yozuv” fani asosiy ixtisoslik fanlari – bank ishi, moliya, soliq va soliqqa tortish, sugurta
ishi, buxgalteriya hisobi va audit, g‘aznachilik, menejment, moliya injineringi, statisika, kasbiy ta’lim, iqtisodiy
nazariya fanlari bilan uzviy bog‘langan. Bu fanlarga oid so‘z va terminlarning, gap va matnlarning yuzaga kelish,
yasalish, qo‘llanish usullarini o‘rgatadi. U o‘quv rejasidagi ijtimoiy, tabiiy fanlar bilan ham o‘zaro bog‘langan.
Mazkur fanning o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, bakalavriat talablarida iqtisod tili bo‘yicha
nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z sohasiga doir hujjatlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishni
taminlaydi.
Talabalarning “Iqtisodiyotda texnik yozuv” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishninig ilg‘or va zamonaviy usullaridan
foydalanish, yangi information pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda
o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, ko‘rgazmali vositalar va
lavhalardan foydalaniladi. Iqtisodiyotda texnik yozuv fanini o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari,
pedagogik va axborot – kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanishi nazarda tutilgan. Nazariy darslarda –
ma’ruzalarda zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida ko‘rgazmali va elektron dedaktik
texnologiyalardan foydalaniladi. Amaliy mashg‘ulotlarda aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar
musobaqalari, delfa metodini qo‘llash orqali konikmalar shakllantirish, B\B\B metodi, insert metodi va turli
ish o‘yinlarini qamrab olgan pedagogik texnologiyalarni qo‘llash nazarda tutilgan.
Fanning nazariy mashg`ulotlari mazmuni tilshunoslik va iqtisodiyot bilimlari bilan bog‘liqdir. Fanning iqtisodchilarni
tayyorlashdagi roli va ahamiyati katta. Unda til va yozuv, o‘zbek yozuvlari tarixi, til va terminologiya, termin va atama,
termin tushunchasi va uning o‘zbek tilshunosligida tutgan o‘rni, iqtisodiyot terminologiyasi va uning yuzaga kelish
manbalari (lug‘atlar) haqida, bozor iqtisodiyoti va unga o‘tish bosqichlarida iqtisodiyot terminlarining ahamiyati haqida boy
ma’lumot berilgan.
Iqtisod tili avlodlar tomonidan yaratilgan tarixiy tajriba mahsulidir. O‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasining
shakllanish tarixi va boyish manbalari, iqtisodiy terminlarning taraqqiyot bosqichlari haqida ma’lumot berilgan. O‘zbek tili
iqtisodiyot terminologiyasining ichki manba asosida rivojlanishi iqtisodiy terminlarning morfologik usul
bilan yasalishi, iqtisodiy terminlarning semantik- sintaktik usul bilan yasalishi, iqtisodiy terminlarning
sintaktik usul bilan yasalishi doirasida o‘rganiladi. Iqtisodiyot terminologiyasining rivojlanishida tashqi
manbaning ta’siri juda kattadir. O‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasining tashqi manba asosida boyishida
rus-yevropa tillarining ta’siri ayniqsa kuchlidir.
Iqtisodiyot leksikasini qo‘llash mezoni va tartibga solish masalalari haqida gap borar ekan, har qanday
terminning o‘z ona tili qonun-qoidalari asosida yaratilishi, so‘z va terminlarning imlosi mavjud qoidalarga
bo‘ysundirilishi va qisqa bo‘lishi, yaratilgan iqtisodiy terminlarning iqtisodiy matnlarga mos bo‘lishi va faqat
o‘zining birlamchi ma’nosini berishiga alohida to‘xtaldik.
O‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasida sinonimiyaning paydo bo‘lish sabablari va ularning o‘ziga xos
xususiyatlari, o‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasidagi har xilliklarning kelib chiqishida rus-yevropa
tillarining ta’siri va bu kamchilikni bartaraf qilish yo‘llari, iqtisodiy so‘z va terminlarni tartibga solish
masalalari hususida ham atroflicha fikr yuritdik.
Iqtisodiy matn va uning turlari haqida gap borar ekan, iqtisodiy so‘z va matn, ular o`rtasidagi o`zaro
bog`liqlik, iqtisodiy matn va uning turlari, dialogik matn va uning xususiyatlari, monologik (tavsifiy) matnni
yaratish usullari, iqtisodiy matnlarni mazmunli, mantiqli va xatosiz yaratish masalalariga bag‘ishlangan
mavzularga to‘htaldik.
Iqtisodiyotga oid matn tuzishda matnga fakt to`plash, fakt va haqiqit, faktlarni tasnif qilish, iqtisodiyotga
oid matnni yaratish usullari, iqtisodiy matn va leksika, iqtisodiy matn va uning tuzilishi, iqtisodiyotga oid
matnga so‘z tanlash, iqtisodiyotga oid matnga termin tanlash, iqtisodiy matnlarning xususiyatlari yoritildi.
Iqtisodiy matnni tahrir qilishda esa matn ustida ishlash, matnning tahriri, tahrirda e`tibor berilishi zarur
bo`lgan holatlar, iqtisodiy matnni kengaytirish usullari, iqtisodiy matnni qisqartirish usullari, matn
tahririning ahamiyati masalalariga e’tibor qaratildi.
Iqtisodiyotga oid matnlar va ularning turlari haqida gap borar ekan, iqtisodiy matnlarni mazmunli,
mantiqli va xatosiz yaratish masalalari hususida, iqtisodiy matnlarni to‘ldirish, ish yuritish tili va uslubi, ish
yuritish va hujjatchilik, hujjatlarning turlari, hujjatlar va ularning tarkibiy qismlari, iqtisodiy hujjatlarga
qo‘yiladigan talablar borasida tavsiyalar berildi.
Mustaqil ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo‘lib iqtisodiyotda yozuv texnikasini to‘laroq
o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan
foydalanishi tavsiya etiladi: og‘zaki va yozma.
O‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari, mavzulari o‘rganiladi, tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar
o‘zlashtiriladi, ixtisoslik fanlari bo‘yicha fan mavzulari ustida ishlanadi. Yozma shaklda mustaqil ish
bajarilganda quyidagilarga rioya qilinadi: referat, lug‘at, slayd va ish o‘yini tayyorlash, maqola yozish,
hujjatlar tuzish, ko‘rgazmali qurol to‘plash.
Hozirgi kunda jahon andozalari darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk iqtisodchi mutaxassis
kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shundan kelib chiqib iqtisodiyot oliy o‘quv yurti talabalari
o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda iqtisod tili va uslubi, iqtisodiy atamashunoslik, ish yuritish va
hujjatchilik to`g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lishlari, o‘z fikrini iqtisod sohasiga qo‘yiladigan talablar
asosida aniq va ravshan ifoda eta olishlari zarur. Shunga ko‘ra bo‘lajak iqtisodchilar iqtisodiyot tilining o‘ziga xos
xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim.
Adabiyotlar ro‘yhati
1. Husanov N. “Iqtisodiyotda texnik yozuv”. Ma`ruza matni. 1-kursda o`qitiladigan fanlar uchun
tayyorlangan. T.: TMI, 2013, 108 b.
2. Husanov N., Mirahmedova Z. Iqtisodiyot atamalari va ish yuritish. T.: TMI, 2005 y.
3. Husanov N., Husanova M., Xo`jaqulova R., Yusupov E. “Iqtisodiyotda texnik yozuv”. T.: “Fan va
texnologiya markazi”, 2012 y. 152 b.скачать dle 11.3

9-04-2018, 21:30 807 0

Izohlar


Kommentariya qo'shish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив