» » AMALIY MASHG’ULOTLARNI O‘TISHDA INNAVATSION YONDASHUV

AMALIY MASHG’ULOTLARNI O‘TISHDA INNAVATSION YONDASHUV

AMALIY MASHG’ULOTLARNI O‘TISHDA INNAVATSION YONDASHUV
Azizbek Vafoev ToshDAU «Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi.  Toshkent viloyati Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy, vabek@inbox.uzTelefon: +99890 346-63-46

Abstract
The article is devoted to topical issues of practical training. In particular, described in detail the nature and value of interactive teaching methods and the author's approach to the conduct of practical exercises. The technique of the author proved, tested and positive results have been obtained. Also approved educational-methodical council of the university and obtained a copyright certificate.

Keywords:
Education, occupation, lecturer, student, self-study, knowledge, rating, method of teaching, assessment methodology, interactive method, rating system, mini-groups

«Yuz o‘qituvchida – Yuz xil metod».
Xitoy maqoli
KIRISH
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. «Ta'lim to‘grisida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta'lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. 
Hozirgi paytda ilg‘or (progressiv) usulda ishlaydigan pedagoglar ta’lim berishni talabalardagi mavjud bo‘lgan bilim majmualarini ijodiy fikrlash asosida kengaytirish va qayta tuzish sifatida tushunib, talabalar  loqayd (passiv) ravishda bilim berish usulini aslo tan olmaydilar. Chunki sust ta’lim usuli talabalami befarq va loqayd qilsa, faol ta’lim usuli ularning iqtidori va iste’dodini rivojlantirishga, tasavvur doiralarini kengaytirishga, muloqotlarini jonli qilishga va ishga (hayotga) hamda jamiyatga ijodiy yondashishlariga olib keladi «har bir о‘qituvchining vazifasi о‘quvchida bilimga qiziqish uchqunini yoqish, xolos, uning alangaga aylanishi esa talabaga bog'liq».
Dars jarayonida, ta‘lim-tarbiyada talaba asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta‘lim jarayoni sub‘yekti bo‘lishi kerak, ya‘ni o‘qish, o‘rganish, mutolaa qilish talaba zimmasiga o‘tishi lozim. O‘qituvchi esa, bilim berishdan talabalarning bilimlarni mustaqil egallashlariga ko‘maklashishi zarur. Darsni tashkil qilish shakli o‘quv maqsadiga, xususiyatiga, ta‘lim usullariga va o‘qitish imkoniyatlariga bog‘liq. Bunga erishish uchun o‘qituvchi talabalar bilan birgalikda harakat qiladi. O‘qituvchi dars paytida o‘quvchilarga to‘g’ri yo‘l-yo‘riq berib tursa, o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan talabalar ham faol ishtirokchiga aylanganini o‘zlari bilmay qoladilar. Chunki talabalar  «aytganingizni unutadi, o‘qitganingizni, balki eslab qolar, agar o‘zini jarayonga jalb qilsangiz o‘rganadi» (B.Franklin). Asosiysi, pedagogik hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘qituvchining talabalar faoliyatini dars jarayonida boshqarish mahorati ko‘plab omillarga bog‘liq. Shulardan eng muhimi o‘z predmetini o‘quvchilarga qiziqarli qilib yetkazishdan iborat. Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy ta’lim va tarbiyaning tabiatga mosligi, ta’lim va tarbiyada mo‘tadillik printsiplarini asoslagan: “Maqsad vaqtni cho‘zish yemas, balki o‘quvchini zeriktirmaslik. Chunki doimo bir xil narsaga qaray berish mallollik va sabrsizlikka olib keladi. O‘quvchi fandan-fanga o‘tib tursa, turli bog’larga yurganga o‘xshaydi. Birini ko‘rib ulgurmay, boshqasi boshlanadi va o‘quvchi “Har bir yangi narsada o‘ziga yarasha lazzat bor”- deyilganidek, ularni ko‘rishga qiziqadi va ko‘zdan kechirishni istaydi. Bir xil narsa charchatadi, xotiraga malol keltiradi”, — deb yozgan edi.
Olimlarning ta’kidlashicha, qiziqish shaxsning barcha psixik jarayonlari va funksiyalari, idrok, tasavvuri, diqqati, xarakteri, fikrlashlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Talabalarda o‘qishga qiziqish, havasning yuzaga kelishi va rivojlanishida mohir o‘qituvchilar quyidagi asosiy holatlarga doimo rioya qiladilar:
  • o‘rganilayotgan predmetga qiziqishni rivojlantirish orqali o‘quvchilarni mustaqil ishlashini tashkil etish;
  • boshqa mehnat kabi o‘quv mehnati ham turli-tuman bo‘lsa, qiziqarli bo‘ladi. Bir xildagi ma’lumotlar va bir xildagi ta’sir tizimi tezda zerikish uyg‘otadi;
  • o‘rganilayotgan predmet va ayrim mavzuga qiziqish uyg‘otish uchun uning zarurligini, muhimligini maqsadga muvofiqligini tushuntirish zarur yoki uni anglab yetish kerak;
  • oldingi o‘tilgan materiallar bilan yangi o‘rganilayotgan material uzviy bog‘lansa, u yanada qiziqarliroq bo‘ladi;
  • juda yengil yoki juda og‘ir materiallar talabalarda qiziqish uyg‘otmaydi. O‘qish qiyin, lekin talabalar kuchi yetadigan bo‘lishi zarur;
  • talabalar ishi qanchalik tez tekshirilib, baholanib turilsa, ishlash shunchalik qiziqarli bo‘lib boradi.
ASOSIY QISM
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o‘qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan kengroq foydalanmoqdalar.
Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Interfaol usullar hilma-hil bo‘lib, ularning hammasi ham har qanday progressiv usullar kabi eng avvalo, o‘qituvchidan mashg’ulot oldidan katta tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi.
Shu o‘rinda mazkur tushunchaga izoh berib o‘tish lozim: «Interfaol» so‘zi inglizcha «interact» so‘zidan olingan bo‘lib, «Inter» - «o‘zaro», «act» - «harakat qilmoq» ma'nolarini anglatadi. Interfaol - biror buyum (masalan, kompyuter) yoki shaxs bilan o‘zaro aloqada yoki dialogda bo‘lgan holatni anglatadi. 
Interfaol metodning mohiyati shundaki, hamma o‘quvchilar bilish jarayoniga jalb qilinadi, ular mavzuni o‘z tafakkuri, o‘z bilimlarini ishga solgan holda tushunish va anglash imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu orqali talabalarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste’dod, zakovatlarini o‘stirish, ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo‘lib etishishlariga xizmat qiladi. 
Insonlar mehnat qiladi, ishlaydi buning evaziga pul oladi. Pul eng dangasa insonlarni ham harakatga keltiradigan, ko‘proq ishlashga undaydigan mashhur ixtirolardan biridir. Talaba harakati, intilishi, bilim olish bo‘yicha berilgan vazifalarni bajarishiga qarab fanning «maxsus pul» birligi bilan VAB (vizual aqliy baholash) lar bilan hisob-kitob qilinadi. Yuqori malakali  kadrlarni  tayyorlash  borasida  universitetning  «Qishloq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasida 2013-2014-o‘quv  yilidantajriba sifatida boshlanib, hozirda mukammallashtirilib  borilyotgan VAB usuli dars o‘tishning  o‘ziga xos  interfaol  baholas  usuli sifatida o‘zini oqlamoqda. Unga muvofiq talabalar  aqliy  salohiyati  uchun beriladigan VAB baholash birliklari (1-rasm) joriy etilgan bo‘lib 1 vab-0,1 ball deb qabul qilinadi. 
1-rasm: VAB (Visual aqliy baho) baholash birliklari.  Figure 1. Units for assessment in VAK (Visual Assessment of Knowledge).
VAB baholash usulining mukammaligi shundaki, uni qo‘llash jarayonida talabalar aqliy salohiyati aniq ravshan  namoyon  bo‘ladi. Dars  mashg’uloti mobaynida talabalar o‘ziga berilgan vazifani belgilangan daftarga emas balki, amaliyotda bajariladigan buxgalteriya hisobi ishlari tushirilgan maxsus varaqalarda bajarishadi, so‘ngra vazifani qay darajada  bajarganligi  va  o‘zlashtirganiga  qarab aqliy mahorati evaziga o‘qituvchi tomonidan «naqd pul» vablari taqdim etiladi. O‘quv semestri yakunida talabalar  bilimi  evaziga  to‘plagan  vablar  qiymatiga  qarab  baholanadi, ya’ni 344 vab – 34,4 ball (a’lo baho)ga, 284 vab 28,4-ball (yaxshi baho)ga, 216 vab 21,6 ball (qoniqarli baho)ga teng qilib belgilangan.
VAB usulida bonus vablarning mavjudligi talabalarni fanga bo‘lgan qiziqishi va uni mukammal o‘rganishga undaganligi bo‘lsa, jarima vablarning mavjudligi talabalarda  fanga  va  umuman unga yuklatilgan vazifalarga mas’ulyatini oshirishi tizimning  afzallik  tomoni  hisoblanadi. Interfaol  baholash tizimidan  ko‘zlangan  maqsad talabalarni kelajakda buxgalteriya hisobi ishlarini tez va samarali bajarishga amaliy ko‘nikma  hosil qilishdir. 
Beriladigan VABlar tartibi quyidagicha:      
  • talaba darsdagi davomati uchun-5 vab;
  • berilgan vazifani darsjarayonida  to‘liq  va  to‘g’ri  bajarganligi uchun 5-15 vab;
  • mavzu  bo‘yicha berilgan har bir savolga to‘g’ri  javob uchun 5 vab;
  • mavzuni  batafsil  yoritganligiuchun eng faol talaba 35 vab olish imkonyatiga ega bo‘ladi.
  • Shuningdek, VAB usuli afzalliklarining yana bir jihati:
  • kerakli adabiyotlar mavjudligi uchun 20 vab;
  • o‘quv semestri mobaynida darsga umuman kechikmaganligi uchun 20 vab;      
  • to‘liq darsga  qatnashganligi uchun 20 vab  bonus olish imkonyati ham mavjud.
VAB usulida jarima vablari ham bo‘lib har darsda qatnashmaganligi uchun talabani hisobidan – 5 vab olib qo‘yiladi.
VAB usulida dars o‘tish ikki qismdan iborat bo‘lib birinchisi VAB maxsus baholash birliklari bo‘lsa, ikkinchisi VAB usulida «Kichik guruhlarga ajratib» o‘qitish 2-rasm. Kichik guruhlarda ajratib o‘qitish samarodarligi o‘z isbotini topgan. Lekin bir guruhda bilimi yuqori talabalar, bir guruhda bilimi nisbatan pastroq talabalarga ajralib guruhlar o‘rtasida tengsizlik kelib chiqishi munkin. Guruhlarda tenglikni saqlagan holda VAB usulida «Kichik guruhlarda ajratib» o‘qitishda bilimli talabalarning bilimidan foydalanish samaradorligi yuqori bo‘ladi.
Bu usulda ta’lim olishda yuqori bilim darajasiga ega bo‘lgan talabalar pastroq darajadagi bilim darajasiga ega bo‘lgan talabalar bilan birgalikda ishlaydilar va tegishli materiallarni birgalikda o‘rganadilar. Bu esa past darajadagi bilim toliblari bilimlarining yuqori darajadagi bilim sohiblari bilimdonlik darajasiga tenglashuviga va bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqning ancha kuchayishiga olib keladi. Yuqori bilimli talabalar past bilimlilarga ko‘rsatmalar va topshiriqlar berishi tufayli, ularni bilim olishga qiziqtiradilar. Bu esa ularning bir-birlariga bo‘lgan ishonchini va o‘zaro do‘stlikni rivojlantiradi.
Agar talaba o‘z-o‘zini o‘qitsa, o‘qituvchi talabani yakka tartibda o‘rgatsa, o‘qituv materialining 90 foizini o‘zlashtiradi. Darsda ta‘limning interfaol usullaridan biri VAB usulida «Kichik guruhlarga ajratish» texnologiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Kichik guruhlar kattalariga nisbatan faoliyat uchun kengroq imkoniyatlar yaratadi. Kichik guruhlardagi bahslar katta guruhlar ishini rag'batlantiradi.
Ijodiy o‘yinlar-talabalarning ijodiy izlanish, mantiqiy fikr yuritishini rivojlantirish va qo‘shimcha bilim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan o‘yinlardir. Bu o‘yinlar ta‘sirida o‘quvchi ijodiy izlanib, yangiliklarni kashf etadi va undan o‘z foydalanadi, qolaversa butun jamiyatga ham naf keltirishi mumkun. 
O‘qituvchi bilan talabaning o‘zaro ta‘siri natijasida talaba ma‘lum bilimlarni shunchaki o‘zlashtirib, ya‘ni o‘rganib olishidan tashqari bir vaqtning o‘zida bilim olish va xatti-harakatlar qilishning yangi tamoyili va metodini o‘zlashtirib oladi va rivojlantirib boradi.
Talaba va o‘qituvchi orasidagi muloqotni maqsadga muvofiq ravishda to‘g‘ri tashkil qilish va mumkin bo‘lgan usullar bilan uni rivojlantirish ta’lim sohasida o‘ziga xos inqilobiy o‘zgarish yaratadi desak, yanglishmagan bo‘lar edik. Chunki bu usulni qo‘llaganda talaba o‘qituvchidan cho‘chimasdan o‘z fikrlarini aytadi va u bilan o‘rtoqlasha oladi, bilmagan savollariga to‘g‘ri javoblarni olish va boshqalar bilan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi, shu bilan birga kelajakda faol kurashuvchan va izchil demokratik pozisiyalarda bo‘lish sabog‘ini ham oladi. Talabalami dialog usulidan bezdirmaslik uchun ulaming har qanday savollariga e’tirozsiz, yotig‘i bilan javob berish kerak. Fikrlariga esa, ular qanday bo‘lmasin, ijobiy va ijodiy yondashish lozim. Agar dialog davomida Siz bilmagan savol yoki muammolar kelib chiqsa, buni to‘g‘ri tan olish va keyingi darsda o‘rinli javob berish zarur. Talabalaming har qanday savoli javobsiz qolib ketmasligi juda muhim. Chunki shundagina ular o‘zlarining shaxsiy fikrlari ham ma’lum bir qiymatga ega ekanligini qalban his qiladilar. Bu esa teskari aloqa signali sifatida muqarrar ravishda talaba miya faoliyatining kuchayishiga va yangi foydali fikrlar oqimi yuzaga kelishiga (generatsiyasiga) olib keladi.
Qaysi o‘qituvchi darsning mazmunli va qiziqarli bo‘lishini xohlamaydi? Kim mohir o‘qituvchi bo‘lishni xohlamaydi? Buning uchun uzoq yil ishlagan o‘qituvchi bo‘lish yetarli emas. Dars mustaqil va mas’uliyatli ijodiy ish sifatida o‘qituvchidan rivojlanuvchiijodiy  pedagogik  fikrlashni,pedagogik mahoratni egallashni dars jarayonida yangi innavatsion usullarni qo‘llashni talab etadi.
Qolaversa o‘qituvchining muvaffaqiyati uning, g‘oyaviy, nazariy va kasbiy tayyorgarligiga bog‘liq. Darsga tayyorgarlik shu fan bo‘yicha darslik, psixologik-pedagogik va uslubiy xarakterdagi kitoblar o‘qishdan, uslubiy jurnallar, qo‘shimcha adabiyotlar, gazeta va turli materiallarni o‘qishdan iborat bo‘lishi kerak. Shu mavzu (darsga oid) bo‘yicha turli ilmiy manbalardan, qonun va qarorlardan olingan sitatalar, tezislar, fikrlar keltirilsa ham maqsadga muvofiqdir.
Shuni hisobga olish kerakki, barcha o‘qituvchilar uchun bir xilda bo‘lgan ta’lim vositalari bo‘lishi mumkin emas. Uning turli-tumanligi o‘qituvchi fanning o‘ziga xosligi bilan, uning imkoniyatlari, ehtiyoji, intellektual faolligi, yangilikni his etishi, pedagogik bilimga chanqoqligi va b. q. bilan belgilanadi.
Shuni alohida ta‘kidlash joizki, talabalarning mashg‘ulot jarayonida mustaqil ish, dars jarayonida mustaqil o‘qish va o‘rganish, yangi materialni tushuntirish va mustahkamlash, turli ijtimoiy foydali faoliyatlar, topshiriq va mashqlarni bajarish, fan bo‘yicha o‘tilgan materiallarni takrorlash, test-sinov topshiriqlarini bajarish muhim. Shuningdek, savol-javob, bahs-munozara yuritish, sayr-sayohatlar uyushtirish, shaxsiy taassurotlarni himoya qilish, mustaqil o‘qishning sahna va kino ko‘rinishini tashkil etish, kitob bilan mustaqil ishlash, soha bo‘yicha amaliy ishlarni mustaqil bajarish, dastur yo‘nalishida badiiy adabiyotlarni tahlil etish asosida mustaqil ishlashning ahamiyati kattadir. Bu ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish har qanday soha faoliyatida ijobiy o‘zgarishlarni sodir etadi. Eng muhimi talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishda texnologik yondoshuv o‘quv jarayonini yanada faollashtiradi, o‘quv materiallarining o‘zlashtirishida yuqori darajaga erishiladi.
Ushbu usul joriy yilning 15-16 aprel kunlari LOMONOSOV nomidagi Moskva Davlat Unverstetining  Toshkent shahridagi filialida «Uzluksiz ta’lim tizimida  XXI asr shaxsining malakali mutaxasisi sifatida shakllanishi: nazariya, amaliyotva istiqbol» mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanda «Yosh buxgalterlar kulubi» TIJ a’zosi 2-31 guruh talabasi, Boymurodov Alisher tomonidan ma’ruza qilindi. Respublika miqyosida 15 ta OTM bo‘yicha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan maqolalar ichidan saralanib 1-o‘ringa loyiq deb topilgan. VAB usulida dars berish anjumanda qatnashgan viloyat ishtirokchilari hamda poytaxtimizdagi oliy o‘quv yurtlari qatnashchilarida katta qiziqish uyg’otgan.
Ushbu usul VAB (vizual aqliy baholash) usuli deb nomlandi va unga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk Agentligi tomonidan mualliflik guvohnomasi olindi.
XULOSA
Shunday qilib, pedagogik texnologiyaning asosiy yo‘nalishlari hozirgi an’anaviy ta’limni turli yo‘nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda rivojlanib bormoqda. Turli fan o‘qituvchilari tomonidan har bir o‘quv fanining asosiy xususiyati, mazmunining tarkibi, amaliy, nazariy qismlarining nisbatiga muvofiq ravishda eng qulay pedagogik texnologiyalarni to‘g’ri tanlash jiddiy ahamiyatga ega. Ta’lim tizimidagi bu kabi islohotlar asosan Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishgina bo‘lmay isloh etilgan ta’lim jarayoni orqali talabani o‘z kelajagini yorqin tasavvur eta oladigan, bu borada o‘z taqdirini, o‘z shaxsiga ongli munosabatda bo‘lib turli faoliyatlarda o‘z – o‘zini rivojlantira oladigan erkin, faol va mustaqil shaxsni shakllantirishni maqsad etadi.
Umumiy xulosa shundan iboratki, interfaol metodlarni qo‘llab dars o‘tilganda, sinfda qoloq, o‘zlashtirmaydigan o‘quvchi qolmaydi. talabalar o‘rtasida do‘stona muhit yaratiladi. Deyarli barcha o‘quvchilar dars jarayoniga jalb etilib, ularning darsga qiziqishlari ortadi. talabalarning kelgusida mustaqil bilim olishlariga, hunar o‘rganishlariga imkon yaratiladi. Shuningdek, VAB usulida amaliy mashg’ulot darslarini o‘tish, talabalarda fanni yaxshi o‘zlashtirishda, ularda qiziqish uyg’otishda ilg’or baholash usul sifatida ham foydalansa bo‘ladi.

Adabiyotlar
  • Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori nomli to`plam – T.,1998. – B. 31-62.
  • O‘quv qo‘llanma
  1. Sh.K. Shayakubov, R.X. Ayupov (2012) Interfaol ta’lim usullari. T.: «Tafakkur-Bo‘stoni», 136 bet.
  2. M.Tojiyev, B.Ziyomuhammadov  (2010) Milliy pedagogik texnologiyani ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbig'i va uni yoshlar intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi o‘rni. Toshkent «Mumtoz so‘z».
  3. J. Hasanboyev, X.A.To‘raqulov, I.Sh.Alqarov, N.O‘.Usmonov (2011) Pedagogika.  Toshkent «Noshir».
  4. Д.М.Файзуллаева, М.А. Ганиева (2013) Кичик гурууларда хамкорликда ишлаш педагогик технологиялари туплами. Методик кулланма / Серия “Урта махсус, касб-хунар таълимда инновацион технологиялар” - Т.: ТДИУ - 44 б.
  5. Г.М.Анорқулова, Б.Р.Муқимов. (2010) Ўқитишнинг замонавий технологиялари. Тошкент
  6. З.К.Исмаилова, Р.С Мусаев., А.А. Шаюсупова (2008) Ўкитишнинг замонавий технологиялари. Ўқув қўлланма. ТИМИ
  7. Қ. Т., Олимов С.Ю.Ашурова, У.А.Ўринов (2007) Замонавий таълим технологиялари. 
скачать dle 11.3

15-10-2017, 11:30 3 387 3
IanmazMak 7 мая 2018 21:03
Люди кто желает играть в современные игры на самых высоких настройках с динамичными теняими даже на самых слабых ПК или ноутах. Без лагов и фризов (Но нужен более менее нормальный инет). Читайте статья по настройке компа здесь. Видео по установке и настройке смотрите тут. Играю уже пол года на ведре 2005 г. Буду рад кому помог разорить буржуев игровой индустрии!!!


Гость Kueithplund 13 июня 2018 10:30
Люди кто желает играть в современные игры на самых высоких настройках с динамичными теняими даже на самых слабых ПК или ноутах. Без лагов и фризов (Но нужен более менее нормальный интернет). Держите пожайлуста: Скачать саму прогу можно здесь. | Видео по установке и настройке смотрите тут. Внимание!!! Данный патч позволяет играть бесплатно пять часов в сутки. Если Вас интересует "Безлимит" то за 70 руб. в мес. обеспечу обновлние, поддержку и помогу с настройкой! Играю уже девять месяцев на ведре 2005 г. Буду рад кому помог разорить буржуев игровой индустрии!!! Если заинтересовало пишите в форму обратной связи. Перед покупкой протестируйте бесплатные возможности.


Mychaelamank 23 августа 2018 02:48
Народ кому интересно нашла отличный торрент плеер Kino-Torrent версия PRO Все фильмы, сериалы и мультфильмы в одной программе - просмотр и скачивание. Бесплатно и без рекламы. Быстрый поиск по всему рунету. Обновления фильмов точно в день выхода в кинотеатрах. Сегодня добавленно: "Мег: Монстр глубины" "Днюха!" "Mamma Mia! 2" Скачать Kino-Torrent версии стандарт можно с офф сайта: KinoTorrentSetup Скачать Kino-Torrent версии PRO (Nulled) можно здесь: KinoTorrentPro


Izohlar


Kommentariya qo'shish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив